Mahalliy

Toshkent shahri va viloyatida xorijga ishga jo‘natishini aytib firibgarlik qilganlar ushlandi

Toshkent shahri va viloyatida chet elga ishga joylashtirishni va'da qilib, fuqarolarni aldagan uch nafar firibgar qo'lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.

Xususan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan shaxs o‘z tanishlari orqali Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 6 nafar fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish evaziga 145 million so‘m talab qilib, oldindan 85 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa bir holatda esa, Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga viza olish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari poytaxtda yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni Germaniyaga ishga yuborish uchun viza rasmiylashtirish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida qo'lga tushgan.

Shunga o'xshash qonunbuzarlik Toshkent viloyatida ham qayd etilgan. Zangiota tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan ayol Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishlash uchun viza rasmiylashtirib yuborish evaziga 5900 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, AQSHga yuborishni va’da qilib, 50 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingani hamda firibgarlik uchun Buxoroda qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.