Mahalliy

Toshkentdagi mehmonxonada narkotik sotayotgan shaxs ushlandi

U 1kgdan oshiq gashish moddasini shartli xaridorga 26 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 21

Toshkentdagi mehmonxonada narkotik sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda 26 ming dollarlik giyohvandlik vositasi savdosi aniqlangan.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida kompleks chora-tadbirlar o‘tkazildi.

Natijada qo‘shni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda Toshkent shahrida musodara qilindi.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi, 1988-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kg 185 gr «gashish» moddasini shartli xaridorga 26 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 21 ming dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, zahri qotilni u bilan birga Surxondaryodan poytaxtga olib kelgan «Kobalt» avtotransport vositasi haydovchisi – 1987-y.t., muqaddam o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan sherigi ham mehmonxona yonida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.