Mahalliy

Toshkentda qurilish anjomlaridan qariyb 600 gramm sintetik narkotik topildi

Toshkentda qurilish anjomlari ichidan 600 grammga yaqin sintetik giyohvand modda topildi.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qurilish asboblari ichiga yashirilgan jami 585 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi fosh etildi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda Yunusobod tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, uning yonidagi perforator qurilish asbobi ichidan 478 gramm “Alfa-PVP” yashirilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Chilonzor tumanida qayd etilgan yana bir holatda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli benzopila ichidan 107 gramm “Alfa-PVP” topildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida har ikki holatda ham narkotik moddalar Rossiyadan pochta jo‘natmasi orqali yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Bektemir tumanida fuqaroning xonadonidan qariyb 67 ming dozaga teng giyohvandlik vositalari topilgani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.