Mahalliy

Toshkentdagi ikki holatda yirik miqdorda narkotiklar ushlandi

Qariyb 3,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi. ​«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi. ​Toshkent shahrining Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan «Gentra» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda,...

Toshkentda ikki holatda katta miqdorda narkotik moddalar ushlanildi

Qariyb 3,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi.

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi.

Toshkent shahrining Bektemir tumani hududida harakatda bo‘lgan «Gentra» rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, unda Yashnobod tumanida yashovchi 1998 y.t. ikki fuqaro borligi aniqlangan. Tekshiruv jarayonida avtomashina salonidan bir nechta zip paketlarga qadoqlangan och sariq rangli kukunsimon moddalar topildi.

Keyinchalik tezkor tadbir davom ettirilib, ular muqaddam yashirib qo‘ygan joyda va ijaraga olingan xonadonda ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va qadoqlashda foydalaniladigan vositalar mavjudligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar 1,2 kg «geroin» va 100 gr «mefedron» giyohvandlik vositalari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur fuqarolarning ikkalasi ham avvalgi marta aynan narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Boshqa bir holatda esa Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1982 y.t. muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadonidan 47 gr «gashish» va 34 gr «opiy» ushlanildi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uni narkotik moddalar bilan ta’minlab kelgan Olmazor tumanida yashovchi 1980 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro ushlanib, ularning avtomashinalari va yashash xonadonlaridan jami 1,8 kg «gashish» va 12 gr «opiy» moddasi olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.