Toshkentda yirik narkotarmoqning 14 nafar a’zosi qo‘lga olinib, 2,5 kg Alfa-PVP musodara qilindi

Toshkentda yirik narkotarmoqning 14 nafar a’zosi ushlanib, 2,5 kg Alfa-PVP musodara qilindi
Toshkentning Chilonzor, Yunusobod, Yangihayot, Bektemir va boshqa hududlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar jarayonida nufuzli OTMning 3-bosqich talabasi internetdagi narkodo‘konda “kladmen” sifatida ishlagani aniqlandi. Yangihayot tumanidagi postda uning boshqaruvidagi Onix avtomobili to‘xtatilib tekshirilganda, saloniga yashirilgan 500 gramm Alfa-PVP sintetik giyohvandlik moddasi topildi.
Keyingi tezkor-qidiruv tadbirlari davomida transmilliy jinoiy uyushmaning O‘zbekistondagi 7 nafar omborchisi, ularga ishlagan 6 nafar “zakladchik”i hamda uyushma yetakchilaridan biri qo‘lga olindi. Shuningdek, uyushma yetakchilaridan yana biri xorijiy davlat hududida ushlanganligi ma’lum qilindi.
Jami 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 71 433 ta bir martalik dozaga teng 2 kilogramm 500 gramm Alfa-PVP sintetik giyohvandlik moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda har uchala holat bo‘yicha narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

