Mahalliy

Toshkentda havo sifatining yomonlashishi hafta oxirigacha kuzatilishi mumkin

Toshkentda soʻnggi kunlarda havo sifati yomonlashishiga meteorologik sharoitlar — shamol tezligining pastligi va harorat inversiyasi taʼsir koʻrsatdi. Bu kabi hodisalar hafta oxirigacha tunda va ertalab qisqa muddatli kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirdi Ekologiya qoʻmitasi.

Toshkentda havo sifatining yomonlashishi hafta oxirigacha saqlanib qolishi mumkin

Toshkentda havo sifati hafta oxirigacha tunda va ertalab qisqa muddatga yomonlashishi mumkin.

Idora maʼlumotlariga koʻra, 6 oktyabr kuni kunduzi Toshkent hududining katta qismida xalqaro AQI indeksi boʻyicha havo sifati «oʻrtacha» darajada boʻlgan. Soat 20:00 dan keyin koʻrsatkichlar yomonlashgan, tungi va ertalabki soatlarda esa kengroq hududda «nozik guruhlar uchun zararli» darajasi qayd etilgan. Ayrim tumanlarda qisqa muddatga «nosogʻlom» darajasi kuzatilgan.

6 oktyabr soat 17:00 dan 7 oktyabr soat 10:00 gacha shahar boʻyicha PM2,5 mayda dispersli zarrachalarining oʻrtacha kontsentratsiyasi 43,5 mkg/m³, PM10 esa — 97,2 mkg/m³ ni tashkil etdi. Ushbu davr uchun oʻrtacha AQI qiymati 117 ni tashkil etdi, bu «nozik guruhlar uchun zararli» darajasiga toʻgʻri keladi. Milliy indeksatsiyaga koʻra, PM2,5 ning oʻrtacha kontsentratsiyasi «yashil», PM10 esa — «sariq» darajada boʻlgan. 7 oktyabr soat 10:00 da shahar boʻyicha PM10 ning oʻrtacha koʻrsatkichi «olovrang» darajasiga koʻtarilgan.

«Havo sifatining yomonlashishiga ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini cheklagan noqulay meteorologik sharoitlar taʼsir koʻrsatdi. Shamol tezligining taxminan 1 m/s boʻlgani va tunda kuchli harorat inversiyasi havo almashinuvi hamda havoning vertikal aralashishi kamayishiga yordam berdi», — deya qayd etdi qoʻmita.

6 oktyabr soat 23:00 dan 7... oktyabr soat 08:00 gacha harorat inversiyasi kuzatildi. Inversiya qatlamidagi harorat farqi 1,8−6,7 darajani tashkil etdi, bu kuchli inversiyaga toʻgʻri keladi. Bunday sharoitda yer yuzasidagi sovuq havo ustida nisbatan issiq havo qatlami hosil boʻlib, u ifloslantiruvchi moddalarning vertikal tarqalishiga toʻsqinlik qiladi, deya tushuntirdi qoʻmita.

«Bu kabi hodisalar hafta oxirigacha tungi va ertalabki soatlarda qisqa muddatga kuzatilishi mumkin», — deya ogohlantirdi qoʻmita.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.