Mahalliy

Toshkentda 5-noyabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik hisobiga havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda

Poytaxtda 2–6 millimetr miqdorida yog‘ingarchilik prognoz qilinmoqda. Bu havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorining kamayishiga yordam berishi mumkin.

Toshkentda 5-noyabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik sabab havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 5-noyabrga o‘tar kechasi atmosfera havosi sifati yaxshilanishi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda kechki, tungi va ertalabki paytlarda havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha “o‘rtacha”, ayrim vaqtlarda esa “sezgir guruhlar uchun nosog‘lom” darajada bo‘lishi mumkin.

Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha ko‘rsatkichlar asosan “yashil”, qisqa muddat davomida esa “sariq” darajada bo‘lishi kutilmoqda. Global ob-havo prognoz modellariga ko‘ra, 5-noyabrga o‘tar kechasi Toshkentda 2–6 millimetr miqdorida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik atmosferadagi PM2.5 va PM10 mayda zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatini yaxshilashi prognoz qilinmoqda. 5-noyabr kuni ertalab havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha”, milliy indeks bo‘yicha esa asosan “yashil” darajada bo‘lishi mumkin.

**Havoning ifloslanish sabablari**

Havo ifloslanishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri — atmosfera havosining aylanishi, yaʼni havo sirkulyatsiyasi bilan bog‘liq jarayonlardir. Toshkent shahri tog‘oldi hududda, vodiyga tutash joyda joylashgan. Bu hududda shimoli-sharq va janubi-g‘arb yo‘nalishlaridan esuvchi shamollar muhim ahamiyatga ega. Shamolning yo‘nalishi va tezligi atmosfera havosi almashinuvi hamda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.

Mutaxassislar Toshkentda havo ifloslanishining kuchayishiga nafaqat inson faoliyati, balki tabiiy chang, yog‘ingarchiliklarning kamligi va noqulay meteorologik sharoitlar ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda. Yog‘ingarchiliklar kamligi havodagi chang zarralarining yuvilib ketishini susaytiradi. Poytaxtda esa yog‘ingarchilik oylik me’yordan qariyb 6 barobarga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktyabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi poytaxtda havo sifati yomonlashishi prognoz qilingandi. Bunga havo haroratining pasayishi, shamolning kuchsizligi va harorat inversiyasi sabab bo‘lishi mumkinligi bildirilgan.

O‘shanda kunduzgi soatlarda harorat ko‘tarilishi va havo almashinuvi yaxshilanishi hisobiga atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori kamayishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.