Mahalliy

Toshkentda 26 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi

Toshkent shahrida 1 kilogrammdan ortiq gashishni 26 ming dollarga sotishga uringan ikki shaxs qoʻlga olindi. Ulardan biri xaridordan 21 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkentda 26 ming dollarlik gashish savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga koʻra, DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kompleks tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida qoʻshni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositasi Toshkent shahrida musodara qilingan.

Xususan, Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan va muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyat uchun sudlangan shaxs Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kilogramm 185 gramm gashish moddasini shartli xaridorga 26 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan.

U kelishilgan mablagʻning 21 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, giyohvandlik vositasini u bilan birga Surxondaryodan Toshkentga olib kelgan Cobalt avtomobili haydovchisi ham mehmonxona yonida qoʻlga olingan. Denov shahrida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan ushbu shaxs muqaddam oʻgʻrilik bilan bogʻliq jinoyat uchun sudlangani qayd etilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.