Mahalliy

Toshkent viloyatida oltita korxona oqova suvlarni tozalamasdan ochiq joyga tashlab kelgani aniqlandi

Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilgan reyd davomida oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalar miqdori belgilangan me’yordan bir necha barobar yuqori ekani qayd etildi.

Toshkent viloyatida oltita korxona oqova suvlarni tozalamasdan ochiq hududga chiqarib kelgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida oltita korxona ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan oqova suvlarni yetarli darajada tozalamasdan ochiq joyga tashlab kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, bosh boshqarmaning Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tumandagi korxonalarda reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Tekshiruv chog‘ida “B.S.I.”, “M.K.”, “P.U.”, “Sh.R.B.” va “S.S.P.” korxonalarida qum-shag‘al aralashmasini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan ochiq joyga tashlangani aniqlangan.

Oqova suvlardan olingan namunalar laboratoriyada tahlil qilinganda, muallaq moddalar miqdori belgilangan me’yordan bir necha barobar yuqori ekani qayd etilgan. Shuningdek, “I.Q.S.” ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotida ham oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan ochiq joyga tashlangani aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olinmagan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan har bir korxonaga nisbatan kompensatsiya to‘lovlari hisoblab chiqiladi. Aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.