Mahalliy

Ekopolitsiya Chirchiqdagi oqava suvlarni tozalash inshootlarida keng koʻlamli qoidabuzarliklarni aniqladi

Ekopolitsiya Chirchiqdagi oqova suvlarni tozalash inshootlarida jiddiy qonunbuzarliklarni aniqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosiga qizil rangga boʻyalgan suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan Ekologiya qoʻmitasining Ekopolitsiya xodimlari Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJning Chirchiq shahar oqova suvlarni tozalash inshootida oʻn kunlik tekshiruv oʻtkazdi.

Tekshiruv shuni koʻrsatdiki, faqat biologik tozalash uchun moʻljallangan obʼyekt ifloslanishning ruxsat etilgan meʼyorlaridan ortiq boʻlgan boʻyoq moddalariga ega toʻqimachilik korxonalari va kimyo sanoati korxonalarining oqova suvlarini qabul qilgan. Aeratsiya va choʻkmalarni choʻktirish tizimidagi nosozliklar tufayli tozalashning umumiy samaradorligi 27,7 foizgacha pasayib ketgan, vaholanki, qoidalarga koʻra, bunday moddalarni oldindan tozalamasdan kommunal kanalizatsiyaga oqizish qatʼiyan man etiladi.

Shuningdek, Boʻstonliq tumanidagi Gʻazalkent shaharchasining oqova suvlari umuman tozalash inshootiga tushmagani va toʻgʻridan-toʻgʻri Chirchiq daryosiga oqizib yuborilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga koʻra, korxonaga tozalanmagan oqova suvlarni oqizganlik, 2025 yilning III choragi — 2026 yilning II choragi uchun ekologik toʻlovlar boʻyicha hisobotlarni taqdim etmaganlik, shuningdek, majburiy boʻlgan fon monitoringi stantsiyasi mavjud emasligi uchun kompensatsiya toʻlovlari hisoblandi.

Tozalash inshooti rahbari tekshiruvning yakuniy dalolatnomasini imzolashdan bosh tortdi. Yagʻilgan barcha materiallar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi, shuningdek, kompensatsiya toʻlovlarini majburiy undirish boʻyicha iqtisodiy sudga daʼvo arizasi tayyorlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.