Mahalliy

Maxsus komissiya reydlarni davom ettirmoqda

Ayni damda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va hududiy bosh boshqarmalar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan

Maxsus komissiya reydlarni davom ettirmoqda

Hozirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda hududiy bosh boshqarmalar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan reydlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari navbatdagi tungi reyd tadbirlarini o‘tkazdi. Reyd chog‘ida Toshkent tumani hududida joylashgan issiqxonalardan biri hech qanday ekologik talablarga amal qilmasdan ko‘mir yoqib, atmosferani ifloslantirayotgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi va u bartaraf etildi.

Ma’lumot uchun, 23–24 oktyabr kunlari Toshkent viloyatidagi 46 ta hamda Toshkent shahridagi 16 ta issiqxona o‘rganildi. Tekshiruv davomida «Hasanboy» mahallasidagi issiqxonalardan birida chang-gaz tozalash uskunalarisiz ko‘mir yoqish holati aniqlanib, huquqbuzarga jarima qo‘llanildi va issiqxona faoliyati to‘xtatildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.