Mahalliy

Toshkentdagi issiqxonalar faoliyatini ekologik talablar asosida davom ettirish taklif qilindi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Toshkent shahri va poytaxt mintaqasidagi issiqxona xoʻjaliklariga ekologik toza isitish texnologiyalarini joriy etish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berishni taklif qilmoqda.

Toshkentdagi issiqxonalar faoliyatini ekologik talablar asosida davom ettirish taklif etildi

Taklifga koʻra, issiqxonalar tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr, geotermal hamda quyosh energiyasidan, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanishi mumkin.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoni boʻlmagan hollarda koʻmir yoqishga ham ruxsat berish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Biroq buning uchun issiqxonalar zamonaviy sertifikatlangan qozonlar, samarali filtrlar va chiqindilarni tozalash tizimlari bilan jihozlanishi, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan meyorlarga mos boʻlishi shart.

Shuningdek, ekologik talablarga oʻtadigan issiqxona xoʻjaliklari uchun subsidiyalar va soliq imtiyozlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarning poytaxt mintaqasida faoliyat yuritishiga qoʻyilgan taqiq saqlanib qoladi.

Taʼkidlanishicha, poytaxt mintaqasida tungi paytda havo haroratining keskin pasayishi va shamolsiz ob-havo sharoitida atmosferada inversiya tabiiy hodisasi yuzaga kelishi sababli koʻmir yoqilgʻisidan foydalanadigan issiqxona xoʻjaliklaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar yuzasidan fuqarolarning murojaat va shikoyatlari koʻpaygan. Jumladan, Yunusobod tumani aholisi atmosfera havosi sifati yomonlashgani, shuningdek, issiqxonalarni isitish maqsadida koʻmirdan foydalanish oqibatida paydo boʻladigan noxush hidlar haqida xabar bergan.

Qoʻmita xabariga koʻra, fuqarolarning murojaatlarida qayd etilgan barcha holatlar boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan voqea joyiga chiqib, zarur oʻrganish ishlari olib borilgan. Toshkent shahri atmosferasiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarayotgan shaxslarga nisbatan zudlik bilan qatʼiy choralar koʻrish uchun ishonchli maʼlumotlarni olish maqsadida havodan namunalar olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.