Mahalliy

Toshkent metrosidan foydalangan 1 mln 200 minginchi yo‘lovchiga bir yillik bepul transport kartasi berildi

28-sentabr kuni Toshkent metropoliteni bir kunda rekord darajada — 1 200 124 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Shu kuni metrodan foydalangan 1 mln 200 minginchi yo‘lovchiga bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus karta va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Toshkent metrosidan foydalangan 1 mln 200 minginchi yo‘lovchiga bir yillik bepul transport kartasi topshirildi

28-sentabr kuni Toshkent metropoliteni tarixida ilk bor bir kunda 1 million 200 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Shu kuni metrodan jami 1 200 124 nafar yo‘lovchi foydalandi, deya xabar qildi.

Mazkur natija munosabati bilan metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida 1 200 000-yo‘lovchini aniqlash bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan yo‘lovchiga metropoliten jamoasi nomidan esdalik sovg‘asi hamda bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi.

Metropoliten ma’muriyati qayd etilgan natija Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining metro xizmatlariga bo‘lgan ishonchi hamda talabi ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentabrda Toshkent avtobuslaridan ham yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord qayd etilgandi.

O‘sha kuni avtobuslar 1 520 113 nafar yo‘lovchi tashigandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.