Toshkent avtobuslarida yoʻl haqi toʻlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Video

Toshkent avtobuslarida yoʻl haqi toʻlanishini nazorat qilish kuchaytirildi. Video
Toshkent avtobuslarida yoʻl haqi toʻlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Nazoratchilar tekshiruv vaqtida validatorlar ishini cheklab qoʻyishi mumkin, yoʻlovchilardan esa yoʻl haqini avtobusga chiqish bilan darhol toʻlash soʻraldi.
"Toshshahartransxizmat" AJ yangi qoidalar haqida maʼlum qildi: tekshiruvlar tez-tez oʻtkaziladi, reydlar davomida esa nazoratchilar validatorlarni bloklab qoʻyishi mumkin. Bu degani, odatiy "nazoratchini koʻrsam — toʻlayman" sxemasi endi ishlamaydi.
Yoʻlovchilar ogohlantirilmoqda: toʻlovni avtobusga kirishi bilan darhol amalga oshirish lozim. Aks holda jarima solinadi.
1 oktyabrdan Toshkentda elektron toʻlov amalga oshirilganda yoʻl haqi miqdori oshdi — endi u avvalgi 1,7 ming soʻm oʻrniga 2,5 ming soʻmni tashkil etadi. Naqd pul orqali hisob-kitob 3 ming soʻm darajasida qoldi. Shu bilan birga, boshqa transportga oʻtish qoidalari va yoʻl chiptalari tariflari ham oʻzgardi.

