Mahalliy

Toshkentda avtobusda yo‘l haqini to‘lamay, nazoratchiga qarshilik ko‘rsatgan yigit 3 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobusda yo‘l haqini to‘lamay, nazoratchiga qarshilik ko‘rsatgan va janjal chiqargan yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi. Transport vazirligi nazoratchilar hokimiyat vakili hisoblanishi va ularga qarshilik ko‘rsatish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Toshkentda avtobusda yo‘l haqini to‘lamagan, nazoratchiga qarshilik ko‘rsatgan yigitga 3 sutkaga qamoq jazosi berildi

Toshkent shahrida avtobusda yo‘l haqini to‘lamasdan, “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” nazoratchilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va mojaro chiqargan yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 15-avgust kuni Chilonzor tumanida o‘tkazilgan reyd tadbiri vaqtida fuqaro M. M. avtobusdan tushganida nazoratchilar undan yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan. Biroq yo‘lovchi turli vajlar keltirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan va nazoratchining talablarini bajarishdan bosh tortgan.

Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida u janjal ko‘tarib, nazoratchiga nisbatan kuch ishlatishga uringan. Ushbu holat nazoratchining bodi-kamerasiga yozib olingan, deyiladi xabarda.

24-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida M. M.ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM nazoratchilari hokimiyat vakili hisoblanadi. Ularga hujum qilish, zo‘ravonlik bilan tahdid solish yoki haqorat qilish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi, deya eslatdi vazirlik.

Ma’lumot uchun, 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashlari shart. Aks holda yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan jarima (44 ming so‘m) qo‘llanadi.

Nazoratchilar endi avtobus ichida ham yo‘lkirani to‘lash bo‘yicha monitoring olib boradi, shu paytgacha ular bekatlarda tekshiruv o‘tkazgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.