Toshkent avtobuslari va metrosida elektron toʻlov amalga oshirilganda yoʻl haqi 2500 soʻmgacha oshishi mumkin
Toshkentda 1 oktyabrdan boshlab avtobus va metrodan foydalanganda elektron toʻlov orqali bir martalik yoʻl haqini 1700 soʻmdan 2500 soʻmgacha — 47 foizga oshirish taklif etilmoqda. Shuningdek, yangi abonementlar va transfer (boshqa transportga oʻtish) tariflari rejalashtirilmoqda. Narxlar oshishi jamoat transportini subsidiyalash uchun byudjet xarajatlari ortib borayotgan bir paytda kutilmoqda.

Toshkent avtobuslari va metrosida elektron toʻlov amalga oshirilganda yoʻl haqi 2500 soʻmgacha oshishi mumkin
Toshkentda 1 oktyabrdan boshlab jamoat transportida elektron toʻlov amalga oshirilganda bir martalik yoʻl haqi qiymatini 2500 soʻm etib belgilash taklif etilmoqda. Naqd pul bilan toʻlanganda esa tarifni 3000 soʻm darajasida qoldirish rejalashtirilgan. Toshkent shahar kengashining tegishli qarori loyihasi 19 sentyabrgacha muhokama qilish uchun joylashtirildi.
Loyihaga koʻra, yangi cheklangan tariflarni poytaxtdagi avtobus yoʻnalishlari va metropolitenda joriy etish taklif qilinmoqda. Bir martalik yoʻl haqi uchun elektron toʻlov amalga oshirilganda, ragʻbatlantiruvchi chegirmani hisobga olgan holda, yoʻlovchi 47 foizga koʻproq — 2500 soʻm (hozirda — 1700 soʻm), naqd pul bilan toʻlaganda esa 3000 soʻm toʻlaydi. Yuk tashish haqini 4000 soʻm etib belgilash taklif etilmoqda. Barcha summalar QQS bilan koʻrsatilgan.
Yoʻl haqi uchun elektron tarifning oshirilishi jamoat transportini subsidiyalash xarajatlarining oʻsib borayotgani fonida taklif etilmoqda. Prognozga koʻra, 2026 yilda xizmatlar hajmi 2,3 trln soʻmni tashkil etgan taqdirda, yoʻl haqi toʻlovlaridan tushumlar atigi 630 mlrd soʻmni yoki taxminan 27,4 foizni tashkil etadi. Byudjetdan moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoj taxminan 1,7 trln soʻmga baholanmoqda.
Loyihada, shuningdek, qatnovlar soniga qarab transport kartalarining yangi tarif rejalari, shuningdek, bir soat ichida jamoat transporti turlari oʻrtasida boshqasiga oʻtishda (peresadka) imtiyozli va bepul tariflar nazarda tutilgan.
Faqat avtobuslarda yurish uchun quyidagi limitsiz tariflar taklif etilmoqda:
Avtobus va metrolarda yurish uchun quyidagi limitsiz tariflar taklif etilmoqda:
Bundan tashqari, toʻliq qiymatdan 23% chegirma bilan qatnovlar paketlari taklif etilmoqda:
Loyiha bir soat ichida boshqa transportga oʻtishdagi chegirmalar tizimini saqlab qoladi. Faqat avtobuslarda yurilganda, birinchi qatnov 2500 soʻm, ikkinchisi — 1500 soʻm, bir soat ichidagi uchinchi va undan keyingilari — bepul boʻladi.
Avtobus va metro kombinatsiyasida birinchi qatnov ham 2500 soʻm, keyingi oʻtishlar esa qatnovlar ketma-ketligiga qarab 1500 soʻm yoki bepul boʻladi. Bir soatlik tarif doirasida metrodan faqat bir marta foydalanishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Metroga qayta kirilganda 60 daqiqalik davr yangidan boshlanadi.
Avgust oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Xufiyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish instituti jamoat transporti tariflarini bosqichma-bosqich iqtisodiy asoslangan darajaga yaqinlashtirishni taklif qilgan edi.
Uning maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilda jamoat transporti uchun subsidiyalar 1,385 trln soʻmga yetadi, Toshkentda esa ular hisobidan transport tizimi xarajatlarining 65,1 foizi qoplanadi. Institut, shuningdek, kam yuklangan yoʻnalishlarni optimallashtirishni va tashuvchilarga toʻlovlarni xizmat koʻrsatish sifati koʻrsatkichlariga bogʻlashni taklif qilgan.
Toshkentda jamoat transportida yoʻl haqi tarifi oxirgi marta 2023 yil noyabrida 1400 soʻmdan 1700 soʻmga oshirilgan edi.

