Mahalliy

Toşkentda 30-oktabr kuni ertalab havo sifati yomonlaşişi mumkin

Kunduzi havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvi yaxşilanişi natijasida inversiya kuçsizlanib, havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.

Toşkentda 30-oktabr ertalab havo sifati yomonlashishi mumkin

Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 29-oktabrdan 30-oktabrga o‘tar kechasi Toşkent shahrida havo sifati o‘zgarishi ehtimoli bor.

Tungi va ertalabki soatlarda havo sifati «nosoğlom», milliy havo sifati indeksi bo‘yicha esa «zarğaldoq» darajada bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, tunda havo haroratining pasayishi, kuchsiz shamol va kuchli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklaydi.

“Ushbu sharoitda kuchsiz shamol atmosferaga chiqarilayotgan qo‘shni hududlarda shakllangan va mahalliy tashlamalarning tarqalishini susaytirib, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolishiga sharoit yaratadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, havo massalarining shahar atrofida uzoq vaqt saqlanib qolishi mahalliy ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini yanada cheklashi mumkin.

Kunduzi havo haroratining ko‘tarilishi va vertikal havo almashinuvi yaxshilanishi natijasida inversiya kuchsizlanib, havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zgidromet Toşkent shahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.