Test: “Suyunchi” va “Katta oyi” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
'To‘ylar muborak', 'Kelinlar qo‘zg‘oloni' hamda 'Armon' singari filmlarda suratga tushgan Noila Toshkenboyeva 22-sentabrda 83 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Suyunchi” va “Katta oyi” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
Noila Toshkenboyeva 1943-yil 22-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aktrisa 46-sonli maktabda tahsil olgan va 1965-yilda Toshkent Teatr va rassomchilik san’ati institutini bitirgan.
U 1978-yilda “To‘ylar muborak” filmida ishtirok etgan, keyingi yili esa “Ichkuyov”da suratga tushgan. 1982-yilda “Suyunchi”da rol ijro etgan. 1985−1989-yillarda “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Olmos kamar”, “Armon” va “Katta urushdagi kichik odam” filmlarida turli obrazlarni gavdalantirgan. Shuningdek, u “Oltin devor”, “Piyoda” va “Kim jinni?” kabi kinolardan tashqari, “Katta oyi”, “Vatan”, “Zanjir”, “Ayol zoti” hamda “Sardor”da ham qatnashgan.

