Layfstayl

Test: Shukur Burhonovning filmlarini bilasizmi?

“Yor-yor”, “Sinchalak” hamda “Boy ila xizmatchi” kabi filmlardan tashqari, ko‘plab spektakllardagi rollari bilan o‘zbek teatri va kinosining rivojiga hissa qo‘shgan Shukur Burhonov tavalludiga — 15-sentabrda 116 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyor suratga tushgan kinolar asosida test tayyorladi.

Test: Shukur Burhonovning filmlarini bilasizmi?

Shukur Burhonov 1910-yil 15-sentabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. U 1927-yilda Moskva teatr studiyasini bitirgan, 1929−1931-yillarda esa Toshkent drama teatri qoshidagi studiyada ta’lim olgan. 1927-yilda Davlat o‘zbek teatri truppasiga kirgan.

U “Yondiramiz”, “Vayrona”, “Nomus va muhabbat” kabi sahna asarlarida qatnashgan. Shuningdek, “Dengizdagilar uchun”, “General Rahimov”, “Sharq tongi”, “Revizor” hamda “Yo‘lchi yulduz” spektakllarida ham rollar ijro etgan. “Muqanna”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Hamlet”, “Romeo va Juletta” va “Yuliy Sezar”dan tashqari, “Mirzo Ulug‘bek” hamda “Shoh Edip”da ham yodda qoladigan obrazlarni yaratgan.

Shukur Burhonov 1945-yilda “Tohir va Zuhra”, 1953−1954-yillarda “Boy ila xizmatchi” va “Yangi uy” (“Novosele”) filmlarida suratga tushgan. 1961−1966-yillarda esa “Yor-yor”, “Vijdon amri bilan” (“Navstrechu sovesti”), “Komandirning qaytishi” (“Vozvrasheniye komandira”) va “Vatan o‘g‘lonlari” (“Sini otechestva”)da rol o‘ynagan.

“Qora konsulning o‘limi” (“Gibel Chyornogo konsula”) va “Xotira bog‘i” (“Rosha pamyati”) kabi kinolarda ham qatnashgan aktyor ishtirokidagi “Sinchalak” (“Ptichka nevelichka”) filmi O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda, “Ulug‘bek yulduzi” esa Kiyevda xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist 1987-yilda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.