Layfstayl

Test: “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Shashmaqom” va “O‘n uch terak ko‘chasi” kabi filmlarni qanchalik yaxshi bilasiz?

“Yor-yor”, “Ikkinchi bahor” hamda “Sherali va Oybarchin” singari kinolarda suratga tushgan Tursunxon Ja’farova tavalludiga 2026-yilning avgustida 101 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta “Farmonbibi'ning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Shashmaqom" va "O‘n uch terak ko‘chasi" filmlarini qay darajada bilasiz?

Tursunxon Ja’farova 1915-yil avgust oyida Namangan viloyatida dunyoga kelgan. U 1931-yildan 1940-yilgacha Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941-yildan boshlab esa Muqimiy teatrida ijod qilgan. Aktrisa "Nodira", "Layli va Majnun", "Halima", "Gulsara" va "Toshbolta oshiq" kabi spektakllarda turli rollarni ijro etgan.

1959-yilda "Ikkinchi bahor" filmida suratga tushgan Tursunxon Ja’farova, besh yildan so‘ng "Yor-Yor" filmida ham rol o‘ynagan. 1969-yildan 1972-yilgacha bo‘lgan davrda esa "O‘n uch terak ko‘chasi" va "Shashmaqom" filmlarida ishtirok etgan.

O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan Tursunxon Ja’farova 1986-1989-yillarda "Sherali va Oybarchin" hamda "Olmos kamar" filmlarida qatnashgan. Shuningdek, u "Buvimni qaytaring" va "Kelinlar qo‘zg‘oloni" kabi filmlarda ham suratga tushgan. Tursunxon Ja’farova 1997-yilda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.