Test: “Boy ila xizmatchi” va “Olmos kamar” kabi filmlarni qanchalik yaxshi bilasiz?
'Har to‘kisda bir ayb' telespektakli, 'Olovli yo‘llar' va 'Leningradliklar, mening bolalarim' singari filmlarda suratga tushgan Yayra Abdullayeva tavalludiga 14-avgustda 96 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: "Boy ila xizmatchi" va "Olmos kamar" filmlarini qay darajada bilasiz?
Yayra Abdullayeva 1930-yil 14-avgustda Andijon viloyatida dunyoga kelgan. 1950-yilda Toshkent san'at institutini tugatib, Hamza teatrida faoliyatini boshlagan. Aktrisaning kinodagi ilk chiqishi 1953-yilda "Boy ila xizmatchi" filmida bo‘lgan. Keyinchalik, 1954−1956-yillarda "Opa-singil Rahmonovalar" va "Stadionda uchrashamiz" filmlarida rol ijro etgan.
1960−1965-yillarda "Hamza", "Vijdon amri bilan" filmlarida, 1978−1986-yillar oralig‘ida esa "Bahor melodiyasi" ("Vesennyaya melodiya"), "Leningradliklar, mening bolalarim" ("Leningradsы — deti moi"), "Har to‘kisda bir ayb" telespektaklida, shuningdek, "Olovli yo‘llar" va "Olmos kamar" ("Almaznыy poyas") filmlarida ishtirok etgan. Ko‘p yillar davomida turli spektakllarda turli xil rollarni ijro etgan Yayra Abdullayeva "Bobur", "Alpomish", "Kichkina odamlar" va "Kelgindi kuyov" kabi boshqa ko‘plab filmlarda ham suratga tushgan.
"Do‘stlik" va "El-yurt hurmati" ordenlari sohibasi 2019-yil 14-mayda vafot etgan.
Ushbu sana munosabati bilan Gazeta aktrisaning filmlari asosida test tayyorladi.

