Layfstayl

Test: Shukrulloning asarlarini bilasizmi?

'Kafansiz ko‘milganlar', 'Tirik ruhlar' va 'Javohirot sandig‘i' singari asarlar muallifi Shukrullo tavalludiga 2-sentabrda 105 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta yozuvchi va shoirning ijodi asosida test tayyorladi.

Test: Shukrullo ijodidan xabardormisiz?

Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1938-yilda Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan shoir, 1944-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tamomlagan. 1945-yilgacha Toshkentda muallimlik qilgan, so‘ngra 1949-yilga qadar Yozuvchilar uyushmasida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston davlat nashriyotida ham faoliyat yuritgan.

Uning ilk she’riy to‘plamlari – “Birinchi daftar” va “Qalb qo‘shiqlari” 1949-yilda chop etilgan. 1959−1964-yillarda “Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha” va “Inson va yaxshilik” kitoblari nashrdan chiqqan. Keyinchalik, 1973−1988-yillarda “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yashagim keladi” va “Sening baxting” nomli asarlari, 2001-yilda esa “To‘kilgan dardlarim” she’rlar to‘plami e’lon qilingan.

Shukrullo “Chollar”, “Rossiya”, “Ikki qoya”, “Gul va otash”, shuningdek, “Ko‘ngil chirog‘i” kabi dostonlar muallifi bo‘lib, “Javohirot sandig‘i”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Qasosli dunyo” va “Tirik ruhlar” roman-xronikasini ham yaratgan.

“Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Karlo Gotssi, Shandor Petyofi va Taras Shevchenko kabi ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targ‘ibotda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Shukrullo, Stalin vafotidan so‘ng, 1955-yilda ozodlikka chiqqan.

O‘zbekiston xalq shoiri 2020-yilda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.