Layfstayl

KinoTest: Bahodir Yo‘ldoshevning filmlarini bilasizmi?

“Olovli yo‘llar”, “Olmos kamar” va “Pushaymon” singari filmlarda suratga tushgan Bahodir Yo‘ldoshev tavalludiga 7-sentabrda 81 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining ijodi asosida test tayyorladi.

**KinoTest: Bahodir Yo‘ldoshevning filmlarini bilasizmi?**

Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yil 7-sentabrda Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahrida dunyoga kelgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan ijodkor 1968-yildan Hamza teatrida faoliyatini boshlagan. 1974−1984-yillarda shu teatrda, 1984-yildan esa Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida bosh rejissyor lavozimida ishlagan.

U “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Farmonbibi arazladi”, “Yulduzli tunlar”, “Maysaraning ishi” hamda “Qora kamar”, “Sudxo‘rning o‘limi” va “Iskandar” kabi ko‘plab spektakllarni sahnalashtirgan.

Bahodir Yo‘ldoshev 1977−1984-yillarda “Olovli yo‘llar”, 1981-yilda “Qalin qor bag‘ridagi uchrashuv” (“Встреча у высоких снегов”), keyingi yili “107-yo‘riqnoma bo‘yicha to‘ntarish” (“Переворот по инструкции 107”)da, 1985−1986-yillarda esa “Tog‘lardagi uzoq aks-sado” (“Долгое эхо в горах”), “Olmos kamar”, “Ajdarho ovi” (“Охота на дракона”) kabi filmlarda suratga tushgan.

Shuningdek, u “Pushaymon” (“Горечь падения”), “Dev bilan pakana” singari kinolarda ham ishtirok etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi 2021-yilda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.