Layfstayl

Test: “Tilsimoy — g‘aroyib qizaloq” va “To‘ylar muborak” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

'Tangalik bolalar', 'Bolalik bekatidagi poyezd' hamda 'Temir erkak' singari kinolarda suratga tushgan Gavhar Zokirova 10-sentabrda 77 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Tilsimoy — g‘aroyib qizaloq” va “To‘ylar muborak” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Gavhar Zokirova 1949-yil 10-sentabrda Toshkent viloyatining Nurafshon tumanida dunyoga kelgan. U o‘rta maktabni tugatgach, Toshkentdagi Politexnika oliygohida tahsil olgan. 1971-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini bitirgan. 1971-yildan boshlab Hamza teatri, ya’ni hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi sifatida faoliyat yuritgan Gavhar Zokirovaning ilk sahna ijrosi “Parvoz” spektaklida bo‘lgan.

U “Otello”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Sohibqiron Temur”, “Najot Istab” va “O‘zgalar dardi” kabi 100 dan ortiq spektakllarda rol ijro etgan. “Boy ila Hizmatchi” spektaklidagi Gulbahor obrazi uchun Hamza nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Aktrisa 1978−1988-yillarda “To‘ylar muborak”, “Olmos kamar”, “Bolalik bekatidagi poyezd” (“Poyezd so stansii detstva”), “Tepalik” filmlarida suratga tushgan. 1990-yillarda esa “Tangalik bolalar”, “Temir erkak”, “Tilsimoy — g‘aroyib qizaloq” nomli kinolarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, u “Sevinch”, “Sarvinoz” va “Kulba” nomli filmlarda ham qatnashgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.