Layfstayl

Test: “Maysaraning ishi”, “Yulduzingni ber osmon” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?

'Temir xotin', 'Kelinlar qo‘zg‘oloni' va 'Armon' singari filmlarda suratga tushgan Dilorom Egamberdiyeva 2026-yilning oktabrida 64 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Maysaraning ishi”, “Yulduzingni ber osmon” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?

Dilorom Egamberdiyeva 1962-yil 25-oktabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U maktabni bitirgach, Rossiyadagi kinematografiya institutida tahsil olgan.

1981-yilda u “Oltin jun” (“Zolotoye runo”) filmida suratga tushgan, oradan ikki yil o‘tib esa “Uyg‘onish” va “Yolg‘iz” nomli filmlarda rol ijro etgan. 1985−1989-yillarda “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Ajdarho ovi” (“Oxota na drakona”), “Maysaraning ishi” hamda “Armon” filmlarida o‘ynagan. 1990−1995-yillarda “Temir xotin” va “Yulduzingni ber osmon”da turli obrazlarni gavdalantirgan. 2000−2016-yillar oralig‘ida esa “Baron”, “Chol va nabira” hamda “Novda” kabi kinolarda ishtirok etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.