Layfstayl

Test: “Mahallada duv-duv gap”, “Ajoyib xayolparast” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?

“Maftuningman”, “O‘tkan kunlar” va “Ulug‘bek yulduzi” singari kinolarda suratga tushgan Maryam Yoqubova tavalludiga 19-oktabrda 117 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta “O‘zbekiston xalq artisti'ning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Mahallada duv-duv gap”, “Ajoyib xayolparast” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?

Maryam Yoqubova 1909-yil 19-oktabrda Buxoroda dunyoga kelgan. 1928-yilda Moskvadagi kino maktabini tamomlagan aktrisa 1929−1932-yillarda Hamza teatri qoshidagi ishchi-sayyor teatrida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, u Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri hamda Hamza teatrida ham ishlagan. “Boy ila xizmatchi”, “Gamlet” va “Revizor” kabi spektakllarda yodda qoladigan obrazlarni yaratgan.

1928-yili “Muzli uy"da suratga tushgan Maryam Yoqubova, ayniqsa, 1950−1960-yillarda kinoda faol bo‘lgan. Shu davrda uning ishtirokida “Boy ila xizmatchi”, “Shohi so‘zana”, “Opa-singil Rahmonovalar”, “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv gap”, “Maysaraning ishi” va “Ulug‘bek yulduzi"dan tashqari “Oq royal”, “O‘tkan kunlar” hamda “Vatan o‘g‘lonlari” ham ekranlarga chiqqan.

1970−1980-yillarda esa u “Ajoyib xayolparast”, “Olovli yo‘llar”, “Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari”, “Vodillik kelin” hamda “Olmos kamar"da bir-biridan farq qiluvchi rollarni ijro etgan.

U 1987-yil 2-fevralda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.