Termizda onasining mashinasini koʻchaga boshqarib chiqqan oʻsmir YTHga uchradi. Qurbon bor
YTH 9-oktabr kuni tungi vaqtda Termiz tumanida sodir boʻlgan. 16 yoshli oʻsmir onasining Cobalt mashinasini katta tezlikda boshqarib borib, yoʻl oʻrtasidagi yoritish chiroqlari ustuniga urilgan. Oqibatda oʻsmirning yonida boʻlgan sinfdosh doʻsti voqea joyida vafot etgan.

Termizda onasining mashinasini ko‘chaga haydab chiqqan o‘smir YTHga uchradi. Qurbon bor
Termiz tumanida maktab o‘quvchilari mashina boshqarib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 2026-yil 9-oktabr kuni yarim tunda sodir bo‘lgan. Termiz shahridagi maktablardan birining 10-sinf o‘quvchisi, 2010-yilda tug‘ilgan o‘smir onasiga tegishli Cobalt mashinasini Termiz tumani hududida katta tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chiroqlari ustuniga urilgan. Bu vaqtda mashinada uning sinfdosh do‘sti ham bo‘lgan.
Natijada ikkinchi o‘smir og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinani boshqargan o‘smir esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

