Mahalliy

Toshkent viloyatida YPX xodimi kanalga tushib ketgan Cobalt’dan ayolni qutqarib qoldi

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida yoʻl-patrul xizmati (YPX) xodimi kanalga tushib ketgan Cobalt rusumli avtomobildan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati boshlig‘i Rustam Asqarov ma’lum qildi.

Xabarga koʻra, hodisa 1-sentyabr kuni yuz bergan. Cobalt haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, mashinasi bilan kanalga tushib ketgan. Shu yaqin atrofda xizmat olib borayotgan YPX xodimi voqeaga guvoh boʻlib, haydovchini qutqarish uchun suv boʻyiga yugurgan. Choʻkayotgan ayolni koʻrib, u oʻzini suvga tashlab, uni qutqarib olgan. Shundan soʻng ayolga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

Kanalga tushib ketgan avtomobil esa maxsus texnika yordamida chiqarib olingan.

Eslatib oʻtamiz, 6-avgust kuni Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan 13 yoshli bola Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlari FMB post-patrul xizmati inspektori yordamida qutqarib qolingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.