Mahalliy

“Yuk mashinasining odam bosib ketishi birinchisi emas” – Buloqboshidagi dahshatli YTH tafsiloti

10-oktabr kuni soat 9:40lar chamasida Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlogʻida tuproq ortilgan yuk mashinasi dovondan pastlikka tushayotganda tormoz tizimi ishlamay qolgan. Buning oqibatida “HOWO” yoʻl chetida turgan avtomashinalarga urilib ularni 30-40 metrgacha sudrab borib agʻdarilgan, atrofdagi doʻkonlar vayron boʻlgan.

“Yuk mashinasining odam bosib ketishi birinchisi emas” – Buloqboshidagi dahshatli YTH tafsiloti

Aynan shu koʻchada oqibati oʻlim bilan yakunlangan yuk mashinasi ishtirokidagi kamida 5 ta ayanchli avtohalokat sodir boʻlgani aytilmoqda. YTH oqibatida 3 kishi halok boʻlgani bildirilmoqda.

Surishtiruvga koʻra, Buloqboshi tumani Neftchilar qishlogʻida markaziy koʻcha kichik dovonga tutashgan boʻlib, aynan shu yoʻldan yuk mashinalari qatnaydi. Koʻp hollarda qiyalikdan qum va shagʻal ortib tushayotgan yuk mashinalarining tormoz tizimi ishlamay qoladi. Soʻnggi 2 yil ichida ana shunday yuk mashinalari ishtirokidagi YTHlarda kamida 6 nafar fuqaro hayotdan koʻz yumgan.

Mahalliy aholi koʻngilsiz holatlarning oldini olish uchun markaziy koʻchadan yuk mashinalari qatnovini cheklash, shuningdek notekis yoʻllarni tekislab berishni soʻrab tegishli idoralarga bir necha bor murojaat qilgan. Biroq natija boʻlmagan.

Yana qancha odam oʻlishi kerak?

Bugungisi bilan hisoblaganda qishlogʻimizda yuk mashinasi bilan bogʻliq beshinchi marta ana shunday dahshatli falokat yuz berishi. Avvalgi YTHlarda yuk mashinasi tepalikdan kelib tormozi ishlamasdan nechta xonadonlarga urilib xonavayron qildi. Nechta odamlar oʻlib ketdi...

Dovonni pasaytirib beramiz, yoʻlllar kengaytirilib taʼmirlanadi deb vaʼda berishganiga necha zamonlar boʻlib ketdi. Amaliy natija yoʻq. Bugungi YTHda ikki yosh bola oʻldi. Biri ayol kishi.

Bunday koʻngilsiz voqealar qachongacha davom etishini bilmaymiz. Bu katta yuk mashinalar orqasidan yana qancha odam oʻlishi kerak?

Yoʻlni kengaytirish kerak eng avvalo. Bu yoʻl aslida snosga tushgan. Lekin mablagʻ ajratilmay qolib ketdi. Bizning Neftprom qishlogʻi bilan hech kimni ishi boʻlmay qoldi. Piyodalar yoʻlagi yoʻq, hammayoq xonavayron.

Qishloqqa tutashib ketgan dovonimizning necha metr balandligini aniq bilmayman. Kamida 100 metr boʻlsa kerak. Endi oʻylang, 60 tonna mashina yuki bilan tepadan tushib kelyapti. U endi pastga tushguncha 150-200 tonna boʻlib ketsa kerak.

Tepalikda karerlar bor. Yuk mashinalari u yerdan yukini olib dovondan qishlogʻimiz tomon tushib keladi. Koʻp hollarda pastlikka tushayotgan tenikaning tormozi ishlamay qoladi. Haydovchi keyin mashinani toʻxtata olmay odamlarning ustiga bosadi-da. Avvallari yuk mashinalari faqat tunda harakatlanar edi. Nima boʻldiyu kunduzi yuradigan boʻlib qoldi. Asfaltlarimiz ham shu yuk mashinalarining dastidan “oʻldi”. Tegishli tashkilotlardan iltimos qilib qolamiz, inson hayotiga xavf solayotgan bu yuk mashinalarini koʻchamizdan harakatlanishiga chek qoʻyishda yordam berishsin, yoʻllarimizni tekislab, taʼmirlab berishsin, deydi Abdulahad Abdurasulov.

Qurbonlar koʻp boʻlishi mumkin edi...

“Qishlogʻimiz dovonga tutashib ketgan. Tepalikdan tushayotgan ogʻir yuk mashinalari tormozi ushlamay qolib toʻgʻri bizning qishloqqa tezlikda kelib qoladi. Muammoni bartaraf qilamiz deb ancha urindik. Foydasi boʻlmadi. Notekis, tepalikdan iborat yoʻlimizni tekislab berishsin, koʻchalarimzni tartibga solishsin. Qachongacha odamlar oʻlib ketadi?

Aynan mana shu koʻchada avval ham yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda oʻlim holati boʻlgan. “HOWO” 3 nafar yosh bolani urib ketdi. Undan keyin Sobirjon ismli ukamiz ham yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida halok boʻlgan. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.

Bugungi hodisada tuproq ortilgan yuk mashinasi 4-5 mashinani 30 metrgacha sudrab pachoqlab tashladi, yana yoʻl boʻyidagi doʻkonlarni ham vayron qildi. Judayam achinarli voqea yuz berdi. Yosh bolalar, yana ayol kishi oʻldi. Yuk mashinalarining bu yoʻldan yurishi aslida umuman mumkin emas. Hattoki yoʻllarga belgilar ham qoʻyilmagan, svetafor yoʻq.

Shukurki, ayanchli YTH shanba kuni sodir boʻldi, maktabning yoʻqligi. Agar maktab payti boʻlganida qurbonlar soni yanada ortishi mumkin edi”, deydi Shuhrat Xontoʻrayev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.