Mashina urib ketgan ona-bola voqeasi: Zangiotadagi YTH tafsilotlari
15-sentabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 39-maktab qarshisida piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan ona va bolani Chery mashinasi haydovchisi urib yuborgan. Viloyat YHXB voqeaning ertasi kuni «piyodalarning sogʻligʻi yaxshilangani sababli shifoxonadan ruxsat berilgani» haqida maʼlumot bergan. Biroq ona 16-sentabr kuni ahvoli ogʻirlashgani uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Mashina urib ketgan ona-bola voqeasi: Zangiotadagi YTH tafsilotlari
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 39-maktab roʻparasida 15-sentabr tongida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Belgilangan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan ona va bolani Chery avtomobili urib yubordi. Viloyat YHXB 16-sentabr kuni ushbu YTH yuzasidan maʼlumot berdi.
Unda qayd etilishicha, «piyodalarning sogʻligʻi yaxshilangani uchun ularga shifoxonadan ruxsat berilgan». Shu xabardan keyin bemor ayolning xolasi tahririyatga murojaat qilib, jiyani hozir shifoxonada ekanini bildirdi.
YTHdan keyin bemorga uyiga javob berilgan
Yoʻl-transport hodisasidan soʻng ayol va uning oʻgʻli Zangiota tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Biroq keyinroq farzandini kuzatuvga olib, Toshkent viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar neyroxirurgiya boʻlimiga yuborishgan.
Ayol oʻsha kuni oʻzini yaxshi his qilmaganini, shunga qaramay tekshiruvlardan soʻng uyiga javob berilganini aytdi. Uyiga qaytgach, uning ahvoli yaxshilanmagan. Kechasi isitmasi koʻtarilib, ogʻriqlari kuchaygan va shifokor qoʻshnisi unga tun davomida ukol qilib turgan.
Voqea sodir boʻlgan kuni bemorni qabul qilgan shifokor Fayzullaxoʻja Eshonxoʻjayev ayolni oʻsha paytda statsionarga yotqizish uchun asos topilmaganini maʼlum qildi.
«Maʼlumotnoma boʻyicha, birinchi onaga yoʻl-transport hodisasi tashxisi va dahan sohasi, yuz sohalari va oyoqlaridagi tizza sohalarida lat yeyishi, terida shilingan jarohat, tepa jagʻining mana, uchta tishi travmatik sinishi tashxisini qoʻydik. Mutaxassislar maslahatlashilgan holda tashxis qoʻydik. Bu tish sinish yengil jarohatga kirmaydi. Bu ayolga shunaqa tashxis qoʻydik, haqiqatan yotish holati aniqlanmadi», - dedi shifokor.
Bemor yana shifoxonaga qaytdi
Bemorning xolasi 16-sentabr kuni uning ahvoli yomonlashganini koʻrib, tez yordam chaqirgan.
«Chorshanba kuni ertalab jiyanimni koʻrgani uyiga bordim. Borsam, ahvoli ogʻir edi. Yigʻlab yotibdi, boshini koʻtara olmayapti. Tishlari singan, oyoqlari ham ogʻriqli edi. Keyin men darrov tez yordam chaqirdim va u bilan shu yerga keldik. Rentgenga tushirdi», dedi. «Qani, rentgen qogʻozini bizga koʻrsatinglar, bir kun oldingi rentgenni koʻrsating», desam, avval koʻrsatishmadi. Keyin kompyuterda koʻrsatdi. «Rentgenda hamma holati yaxshi, sotreseniyasi yoʻq», deb aytishdi»,

