Sport

Terens Krouford boksga qaytmoqchi. Raqib ham aniq

Terens Krouford bokschilik faoliyatiga qaytishga tayyorligini bildirdi. Raqib sifatida esa WBO kamari egasi Jaron Ennis tilga olindi.

Uch vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford katta sportga qaytib, Jaron Ennis bilan ringga chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Jaron Ennis, agar faoliyatimni qayta tiklasam, navbatdagi jangda men bilan to‘qnash kelgan bo‘lardingmi?”, deb yozdi Krouford X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida.

Ennis esa bunga javoban o‘zining jangga tayyorligini yashirmadi: “Terens Krouford, 1000 foiz!”

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford o‘tgan yilning oxirida sportdagi faoliyatini yakunlaganini bildirgandi. U 2025-yil 13-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida hakamlar qarori bilan meksikalik Saul Alvaresni mag‘lub etib, ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Amerikalik bokschi birinchi yarim o‘rta va yarim o‘rta vaznlardan keyin ketma-ket uchinchi divizionda mutlaq chempion bo‘lgan tarixdagi ilk sportchiga aylangandi. Uning hisobida jami 42 ta g‘alaba bor, shundan 31 tasi nokaut bilan, mag‘lubiyat esa yo‘q.

Jaron Ennis esa so‘nggi jangini 2026-yil iyun oyida o‘tkazib, Ksander Zayasni yettinchi raundda texnik nokaut bilan yenggan. Uning professional boksdagi g‘alabalari 36 tani tashkil etadi, u ham hali birorta jangda mag‘lub bo‘lmagan (32 tasi nokaut).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.