Sport

Tennischi Kamilla Rahimova US Open uchinchi davrasida turnirni tark etdi

25 yoshli sportchi dunyoning birinchi raqamli raketkasiga yutqazdi.

Tennischi Kamilla Rahimova US Open turnirining uchinchi davrasida ishtirokini yakunladi

Kamilla Rahimova tennis bo‘yicha AQSH Ochiq chempionatida (US Open) uchinchi davragacha yetib bordi.

Ikkinchi davrada u ispaniyalik tennischi Oksana Selexmetevani 2 setda (6:3, 6:0) ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 5 daqiqa davom etdi.

Uchinchi davrada esa u dunyo va turnirning birinchi raketkasi bo‘lgan belaruslik Arina Sobolenkoga 2 setda (3:6, 4:6) imkoniyatni boy berdi.

Uchinchi bosqichga chiqish Rahimovaga 130 reyting ochkosi va 290 ming dollar mukofot puli keltirdi.

Asli rossiyalik bo‘lgan Kamilla Rahimova 2025-yil dekabr oyida sport fuqaroligini o‘zgartirib, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnasha boshladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.