Telegram’da oliy taʼlim vaziri nomidan xabarlar tarqatilmoqda — vazirlik ogohlantirish bilan chiqdi
Telegram’da nomaʼlum shaxslar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nomidan xabarlar tarqatmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ogohlantirdi. Idorada taʼkidlanishicha, vazir bu xabarlarni yubormayapti. Koʻrsatilgan akkaunt ham uning shaxsiy Telegram-akkaunti emas. Fuqarolardan bunday xabarlarga javob bermaslik va telefonga keladigan kodlarni hech kimga bermaslik soʻraldi. Shuningdek, [...] boʻlmaslik tavsiya etiladi.

Telegram’da nomaʼlum shaxslar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nomidan xabarlar yubormoqda — bu haqda vazirlik matbuot xizmati ogohlantirdi.
Idorada vazir bunday xabarlarni joʻnatmasligini taʼkidlashdi. Bundan tashqari, koʻrsatilgan akkaunt uning shaxsiy Telegram-akkaunti emas.
Fuqarolardan bunday xabarlarga javob bermaslik va telefonga keladigan kodlarni hech kimga bermaslik soʻraldi. Shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni maʼlum qilmaslik, hujjatlar yoki boshqa har qanday maʼlumotlarni yubormaslik lozim.
Vazirlik faoliyati toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlar faqat uning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.
Idorada, shuningdek, soxta xabarlarga ishonmaslik va ularni tarqatmaslikka chaqirishdi.

