Mahalliy

Surxondaryoda hamkasbiga Telegram orqali shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda hamkasbasiga Telegram orqali shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida hamkasbasiga Telegram orqali shilqimlik qilgan maktab o‘qituvchisi 5 sutkaga qamaldi.

Voqea 2026-yil aprel oyida sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan erkak o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan hamkasbi ayolga Telegram orqali yozib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif qilgan. Ayol oilali ekani va farzandlari borligini bildirganiga qaramay, Sh.S. nomaqbul, shahvoniy mazmundagi xabarlarni yuborishda davom etgan.

Ayolning aytishicha, bu holat uning oilasida janjal chiqishiga sabab bo‘lgan. U hamkasbiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Sh.S. aybini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan va bunday holat qayta takrorlanmasligini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudi Sh.S.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.