Mahalliy

Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushdi

Endi fuqarolar poytaxtdagi ko‘p qavatli uylar atrofida, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, yashil hududlar yoki boshqa

Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi.

Toshkent shahrining meʼmoriy koʻrinishini saqlash, shaharsozlik qoidalariga amal qilinishini taʼminlash va noqonuniy qurilishlarga barham berish maqsadida maxsus “Noqonuniy qurilish” Telegram-boti ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar koʻp qavatli uylar atrofida, sport maydonchalari, bolalar oʻyingohlari, yashil hududlar yoki boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlagan taqdirda, bu haqda @noqonuniy_qurilish_bot orqali xabar berishlari mumkin.

Ushbu bot orqali kelib tushgan murojaatlar noqonuniy qurilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan chora koʻrishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bosh prokuratura fuqarolarni oʻz uyi va mahallasidagi oʻzgarishlarga befarq boʻlmaslikka hamda noqonuniy qurilish holatlari kuzatilganda jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.