Toshkentda 70 dan ortiq ob’yektda 173 ta ko‘p qavatli uy noqonuniy qurilgan
Toshkent shahrida o‘tkazilgan so‘nggi inventarizatsiya natijasida 70 dan ortiq ob’yektda 173 ta ko‘p qavatli uyda qurilish bilan bog‘liq qonunbuzilishlar aniqlangan. Bu haqda poytaxt hokimligi qurilish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri Jasur Karimov Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Toshkentda 70 dan ziyod ob’yektda 173 ta ko‘p qavatli uy noqonuniy ravishda qurilgan.
Biroq, barcha qayd etilgan holatlarni to‘liq noqonuniy qurilish deb baholab bo‘lmaydi. Ayrim ob’yektlarda quruvchilar ruxsat etilgan qavatlar sonidan ortiqcha qavat qurgan yoki tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan.
Jasur Karimovning so‘zlariga ko‘ra, agar har bir tashkilot o‘z vazifasidan kelib chiqib o‘z vaqtida munosabat bildirsa, noqonuniy qurilmalar soni kamayadi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan so‘nggi inventarizatsiya natijalariga ko‘ra, 70 dan ortiq ob’yektda 173 tadan ko‘p qavatli uy noqonuniy qurilgani aniqlangan. Ammo bu 100 foiz noqonuniy degani emas. Misol uchun, 9 qavatga ruxsat olib, barcha loyiha hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, 10 qavat qilib qurilgan holatlar bor. Yoki ikkita 9 qavatga ruxsat olib, o‘z hududida qo‘shimcha besh qavat qurgan holatlar ham mavjud.
Ushbu holatlar bo‘yicha hokimiyat tegishli idoralar bilan birgalikda inventarizatsiya o‘tkazib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan. Bu taklifda ob’yektlarni shu holatga kelishiga yo‘l qo‘ygan ruxsat beruvchi tashkilotlar yoki nazorat organlariga nisbatan ko‘riladigan choralar, shuningdek, ob’yekt egalariga nisbatan ko‘rilgan choralar ham bor. Muammoning yechimi yuzasidan takliflar kiritilgan. Hozirda ushbu ob’yektlar bo‘yicha hujjatlarning rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Jumladan, Newport majmuasida qurilgan jami 9 ta uydan 3 tasiga ruxsat mavjud bo‘lib, 6 ta blok noqonuniy qurilgan. Bu holat ham xatlov jarayonida aniqlanib, ro‘yxatga kiritilgan.

