«Taʼlim faqat tayyor bilim beriş bilan çeklanmasligi kerak» - Şavkat Mirziyoyev
Şavkat Mirziyoyev taʼlim tizimi yoşlarda mustaqil fikrlaş, ijod qiliş, masʼuliyat va umr davomida örganiş könikmalarini şakllantirişi zarurligini taʼkidladi. Prezident Markaziy Osiyoni umumiy intellektual makonga aylantirişni strategik maqsad deb atadi.

«Taʼlim faqat tayyor bilim berish bilan cheklanmasligi kerak» - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti 28-oktabr kuni Toshkentda ochilgan Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi.
Murojaatda mintaqa mamlakatlarining kelgusi taraqqiyoti taʼlim sohasidagi islohotlar va hamkorlik samaradorligiga bogʻliq ekani qayd etilgan. Prezident qariyb 85 million aholi yashaydigan Markaziy Osiyoning demografik salohiyatini intellektual kuchga aylantirishning eng samarali yoʻli sifatli, zamonaviy taʼlim ekanini taʼkidlagan.
### Taʼlim yangi kasblarga tayyorlashi kerak
Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, kelgusi oʻn yilda koʻplab kasblarga munosabat oʻzgaradi, mutlaqo yangi ixtisosliklar paydo boʻladi.
«Shunday ekan, taʼlim tizimi faqat tayyor bilim berish bilan cheklanmasdan, yoshlarda mustaqil fikrlash, ijod qilish, masʼuliyatni his etish va butun umr davomida yangilikka intilib, oʻrganib yashash koʻnikmalarini ham shakllantirishi zarur», - deyiladi murojaatda.
Buning uchun oʻqituvchi va murabbiylar rolini oshirish, taʼlim mazmunini yangilash, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga yoʻnaltirish ustuvor vazifalar sifatida koʻrsatilgan.
Shuningdek, maktab, texnikum, universitet va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga eʼtibor qaratilishi bildirilgan.
### Maktabgacha taʼlimdan ilm-fangacha
Prezident yaqinda qabul qilingan farmon bilan maktabgacha va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boshqaruvi yagona tizimga birlashtirilganini qayd etgan.
Uning taʼkidlashicha, bundan maqsad bolaning dastlabki bilim olishidan yetuk mutaxassis yoki olim boʻlib shakllanishigacha boʻlgan bosqichlarning uzviy bogʻliqligini taʼminlashdir.
Qizlar, qishloq va chekka hududlardagi bolalar, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish ham muhim vazifa sifatida belgilangan.
Sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislikni rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ixtiro va ishlanmalar markaziga aylantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlashga alohida urgʻu berilgan.
### Mintaqa universitetlari hamkorligi kengaytirilishi zarur

