Mahalliy

«Tashabbusli byudjet»ning gʻoliblari aniqlandi

«Ochiq byudjet» portalida «Tashabbusli byudjet» jarayonining 2026-yilgi 2-mavsumi gʻolib loyihalari eʼlon qilindi.

«Tashabbusli byudjet»ning gʻoliblari maʼlum boʻldi

31-avgust kuni «Tashabbusli byudjet» doirasidagi ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga koʻra, ushbu jarayonlarda respublika boʻylab jami 10 million 124 mingta ovoz qayd etildi.

Ovoz berish natijalariga koʻra, umumiy qiymati 3,1 trillion soʻmga teng boʻlgan 2195 ta loyiha gʻolib deb topildi. Bu loyihalarning 2059 tasi anʼanaviy loyihalar boʻlsa, 136 tasi sheriklik asosidagi loyihalardir.

Gʻolib boʻlgan loyihalarning asosiy qismini ichki yoʻllarni (jumladan, piyodalar yoʻlakchalari va yoʻl oʻtkazgichlarni) taʼmirlash (1022 ta), umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash (476 ta) hamda sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash (173 ta) tadbirlari tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.