Mahalliy

Elektr energiyasidan qiynalgan mahallalar “Tashabbusli byudjet”dagi sheriklik mexanizmidan eng koʻp foydalandi

Joriy mavsumda 50 foiz xarajatini tashabbuskorlarning oʻzlari toʻplagan 100 dan ortiq loyiha sheriklik mexanizmidan foydalangan holda muddatidan ilgari gʻolib boʻldi. Shundan 48 tasi – elektr taʼminotidagi muammolar, 30 tasi koʻcha chiroqlari bilan bogʻliq. Bugun tunda qolgan loyihalarga ovoz berish jarayoni boshlanadi.

Elektr taʼminotida muammolarga duch kelgan mahallalar "Tashabbusli byudjet"ning hamkorlik mexanizmidan eng samarali foydalandilar.

"Tashabbusli byudjet" doirasida hamkorlik asosida gʻolib deb topilgan loyihalar soni 114 taga yetdi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻning 50 foizi tashabbuskorlar tomonidan yigʻilganligi sababli, ular avtomatik tarzda gʻolib deb eʼlon qilindi. Endi qolgan 50 foiz mablagʻ mahalliy byudjetdan ajratiladi.

Hamkorlik loyihalari boʻyicha fuqarolar mablagʻlarni 21-avgust kuni soat 17:00 ga qadar tranzit hisobraqamlarga oʻtkazishlari shart.

Hozirgi kungacha Qashqadaryo viloyatida 33 ta, Samarqand viloyatida 23 ta, Xorazm viloyatida 15 ta, Navoiy viloyatida 14 ta, Sirdaryo viloyatida 9 ta, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida esa 7 tadan loyiha gʻolib boʻldi.

Toshkent shahri, Andijon, Fargʻona, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan hamkorlik asosida birorta ham loyiha gʻolib boʻlmadi.

Bugun tunda, yaʼni 22-avgustdan boshlab loyihalarga ovoz berish jarayoni start oladi. Ovoz berish 31-avgustda yakunlanadi va gʻoliblar 1-sentabr – Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni eʼlon qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.