Mahalliy

“Tashabbusli byudjet” doirasida Farg‘ona shahrida loyihalarga ovoz berish vaqtincha cheklanadi

"Tashabbusli byudjet"ning 2026-yilgi 2-mavsumida Farg‘ona shahrining ovoz berish jarayonidagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatiladi. Bu holatga ishchi komissiya tomonidan ba'zi loyihalarning asossiz ravishda rad etilishi sabab bo‘lgan.

Ushbu mavsumda fuqarolardan jami 23 551 ta loyiha kelib tushgan. Ulardan 20 254 tasi ishchi komissiyalar tomonidan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ovoz berish bosqichiga yo‘naltirilgan. Biroq, Farg‘ona shahrida ayrim loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilgani aniqlangan.

Mazkur vaziyat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Ammo Farg‘ona shahri ishchi komissiyasi loyihalarni qayta ko‘rib chiqishni ta’minlamagan.

Shu bois, ishchi komissiya loyihalarni belgilangan mezonlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqqunga qadar Farg‘ona shahrida loyihalarga ovoz berish bosqichi vaqtincha cheklanadi.

"Tashabbusli byudjet" doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi 21-avgust soat 23:59 da boshlanadi va 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.