Mahalliy

Farg‘onada “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish tiklandi

Farg‘ona shahrida "Tashabbusli byudjet" uchun ovoz berish jarayoni qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati 25-avgust kuni ma’lum qildi.

"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida Farg‘ona shahrida ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar asossiz ravishda rad etilganligi sababli ovoz berish bosqichi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Vakolatli organ tomonidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rov yuborilganiga qaramay, Farg‘ona shahri ishchi komissiyasi loyihalarni qayta ko‘rib chiqishni ta’minlamagan edi.

Shu sababli, ishchi komissiya loyihalarni amaldagi mezonlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqmaguncha, Farg‘ona shahrida loyihalarga ovoz berish bosqichi vaqtincha cheklangan edi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining talabiga binoan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida ishchi komissiya tomonidan loyihalar belgilangan mezonlarga asosan qayta ko‘rib chiqildi. Shunga ko‘ra, ushbu hududda loyihalarga ovoz berish bosqichi to‘liq tiklandi.

"Tashabbusli byudjet" doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi 21-avgust kuni soat 23:59 da boshlangan edi. Mazkur jarayon 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Ovoz berish evaziga pul mukofoti va’da qiluvchi norasmiy Telegram botlari ko‘paygani sababli Iqtisodiyot va moliya vazirligi ogohlantirish bilan chiqib, mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz berishga chaqirib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish ehtimolidan ogohlantirgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.