Ta’lim va ilm-fan vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
Oybek Yo‘ldoshev Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval PwC Uzbekistan kompaniyasining

Ta’lim va ilm-fan vazirligiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Ta’lim va ilm-fan vazirligida bir qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u PwC Uzbekistan kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovdan oldin Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritgan.
Yana bir qarorga ko‘ra, Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li ham Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida ishlagan.

