Taʼlim va ilm-fan vaziriga oʻrinbosar tayinlandi
Ilxom Siradjev taʼlim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Taʼlim va ilm-fan vaziriga oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli farmoni va qaroriga muvofiq, Ilxom Toxirovich Siradjev Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ilxom Siradjev 2006-2017 yillarda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar oʻquvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda ishlagan. 2017-2023 yillarda esa Xalq taʼlimi vazirligida bosh iqtisodchi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
2025-yil sentabrda u Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

