Iqtisodiyot

Suv tariflari: narxlar nima uchun hududlarga qarab farq qiladi?

Tariflar o‘rtasidagi farq, avvalo, hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, suv manbalarining joylashuvi, aholi zichligi va suvni yetkazib

Suv tariflari: nega narxlar hududlarga qarab farqlanadi?

Ta’kidlanishicha, ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarining barqarorligi bevosita tariflarga bog‘liq. Chunki tarif xizmat tannarxini qoplamasa, korxonalar tarmoqlarni ta’mirlash, yangilash va modernizatsiya qilish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmaydi.

Tariflar nega hududlarda turlicha?

Tariflar o‘rtasidagi tafovut, avvalo, hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, suv manbalarining joylashuvi, aholi zichligi va suvni yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan izohlanadi.

Masalan, tog‘oldi hududlarida suv manbalari yaqin bo‘lgani sababli uni olish va tozalash xarajatlari nisbatan past bo‘ladi. Cho‘l hududlarida esa mahalliy suv manbalari kam va ko‘pincha sho‘rlangan bo‘ladi. Aholi zichligi ham suv tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlarda bir kilometr quvur yuzlab xonadonga xizmat qilsa, qishloqlarda bu ko‘rsatkich ancha kam. Shu bois uzun quvurlarga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va suvni nasoslar orqali yetkazish xarajatlari oshadi.

Ma’lum qilinishicha, bir kub metr ichimlik suvi tannarxida elektr energiyasi xarajatlari 27 foizni, ish haqi 29 foizni, mukammal va joriy ta’mirlash 10 foizni, xorijiy moliya tashkilotlaridan olingan kreditlarni qaytarish 15 foizni, amortizatsiya va boshqa xarajatlar esa 19 foizni tashkil etadi.

Amaldagi tariflar va ularning oshish sabablari

Respublika bo‘yicha aholi uchun ichimlik suvining o‘rtacha tarifi bir kub metr uchun 3 765 so‘mni (QQS bilan 4 217 so‘m), oqova suv chiqarish xizmati tarifi esa 2 008 so‘mni tashkil etadi.

Eng past ichimlik suvi tarifi Toshkent shahrida — 1 400 so‘m. Ushbu tarif 2023-yil dekabrdan beri o‘zgarmagan. Eng yuqori tarif esa Surxondaryo viloyatida bo‘lib, 6 800 so‘mga teng.

Matbuot anjumanida tariflarni qayta ko‘rib chiqish zarurati ham qayd etildi. So‘nggi yillarda suv tannarxi bilan amaldagi tariflar o‘rtasidagi farq kengaygan. Bunga, asosan, elektr energiyasi narxining oshishi, eskirgan tarmoqlarni ta’mirlash xarajatlarining ko‘payishi hamda xalqaro moliya institutlaridan olingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlar sabab bo‘lmoqda.

Qarzdorlik 542,6 milliard so‘mga yetgan

Anjumanda iste’molchilarning to‘lov intizomi masalasi ham ko‘tarildi. 2026-yil oktyabr holatiga «O‘zsuvta’minot» AJ tizimidagi jami qarzdorlik 542,6 milliard so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan qarzdorlikni undirish tartibiga o‘zgartish kiritilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha bo‘lsa, notarius orqali, undan ortiq bo‘lsa, sud tartibida undiriladi. Qarzdorlik belgilangan tartibda bartaraf etilmagan taqdirdagina iste’molchining elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati cheklanishi mumkin. Mazkur tartib Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

2027 yildan tariflarni tasdiqlash tartibi o‘zgaradi

Matbuot anjumanida sohadagi istiqbolli rejalar haqida ham ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–140-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1 yanvardan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi.

Yangi tartibga ko‘ra, tariflar har bir hududda alohida emas, balki yagona va iqtisodiy asoslangan mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi. 2027-yil 1 apreldan esa budjet tashkilotlari uchun yagona tarif joriy etish rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.