Iqtisodiyot

1-noyabrdan issiqlik taʼminoti va issiq suv boʻyicha yangi tariflar joriy etilishi mumkin

1-noyabrdan issiqlik taʼminoti va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etilishi mumkin

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan boshlab issiqlik taʼminoti hamda issiq suv tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shu haqdagi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqardi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 2025-yil 11-martdagi 100-sonli qaroriga muvofiq, 2030-yilgacha issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun aholiga qoʻllanadigan pasaytirilgan tariflarni bosqichma-bosqich tannarx darajasiga yetkazish nazarda tutilgan.

Loyihada respublikaning barcha hududlarida aholi uchun 1-noyabrdan kuchga kirishi taklif qilinayotgan issiqlik va issiq suv tariflari keltirilgan.

Xususan, Toshkent shahri boʻyicha tariflar quyidagicha oʻzgarishi mumkin (narxlar QQS bilan berilgan):

- Issiqlik energiyasi — 1 Gkal uchun 203 636 soʻm (+30%, hozir — 156 643 soʻm).

- Isitish — 1 m² uchun 1 kunga 314 soʻm (+30%, hozir — 241,44 soʻm).

- Issiq suv, hisoblagich boʻlganda — 1 m³ uchun 11 607 soʻm (+30%, hozir — 8928,67 soʻm).

- Issiq suv, hisoblagichsiz — 1 odam uchun / 1 oyga 45 330 soʻm (+30%, hozir — oshiruvchi koeffitsiyentsiz 34 868,93 soʻm; agar 1,5 karra oshiruvchi koeffitsiyent bekor qilinsa, tarif amaldagi 52 303,39 soʻmdan 45 330 soʻmga yoki 13,3 foizga pasayishi mumkin).

Poytaxtdagi umumiy yotoqxonalarda yashaydigan aholi uchun markazlashgan issiq suv taʼminoti tarifini 1 odam uchun 1 oyga 33 720 soʻm etib belgilash taklif qilinmoqda (amaldagi oshiruvchi koeffitsiyentsiz tarifga nisbatan +30%).

Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oxirgi marta 2025-yil 12-noyabrda oshirilgan edi.

Respublika hududlari boʻyicha 2026-yil 1-noyabrdan quyidagicha tariflarni oʻrnatish taklif etilmoqda (QQS bilan koʻrsatilgan):

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.