Mahalliy

Surxondaryoda hamkasbiga shilqimlik qilgan 59 yoshli maktab o‘qituvchisi besh sutkaga qamaldi

Ayol hamkasblari oldida hijolat bo‘lganini, erkak ilgari ham unga shahvoniy mazmundagi gaplar aytganini bildirgan. Erkak esa bu gaplarni hazil tariqasida aytganini ta’kidlagan.

Surxondaryoda hamkasbasiga shilqimlik qilgan 59 yoshli maktab o‘qituvchisi besh sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ayol hamkasbasiga shahvoniy shilqimlik qilgan 59 yoshli maktab o‘qituvchisi 5 sutkaga qamaldi.

Holat 2026-yil 3-oktyabr kuni soat 15:00 lar atrofida umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida yuz bergan. O‘sha kuni o‘qituvchi U.K. hamkasbasining yoniga kelib, boshqa o‘qituvchilar oldida unga: “Ko‘ylaging buncha chiroyli, quchoqlab o‘pib olaman”, degan.

Ayol sudda bu gaplar hamkasblari oldida uni qattiq hijolatga solganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, U.K. avval ham unga shahvoniy mazmundagi gaplar aytib kelgan, biroq u bu haqda hech qayerga shikoyat qilmagan.

“Shu voqeadan so‘ng o‘sha yerda turgan hamkasblarim menga tegishli idoralarga murojaat qilishni maslahat berishdi. O‘sha kuni uyimga borib, bo‘lib o‘tgan voqeani onamga aytib berdim. Yig‘lab, sog‘lig‘im yomonlashdi”, deydi ayol.

Erkak sudda aybiga iqror bo‘lib, yuqoridagi so‘zlarni hazillashib aytganini bildirgan.

Sud qarori bilan U.K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybli deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.