Mahalliy

Samarqandda nizoli oila keliniga shilqimlik qilgan mahalla raisi 5 sutkaga qamaldi

Qoʻshrabot tumanidagi Katta Oqmachit mahallasi raisi nizoli oilani yarashtirish chogʻida ayolning telefon raqamini olib, keyin unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Rais ayolga Telegram orqali uyatsiz videolar joʻnatgan hamda jinsiy yaqinlik taklif etgan.

Samarqandda nizoli oila keliniga shilqimlik qilgan mahalla raisi 5 sutkaga qamaldi

Qoʻshrabot tumanida mahalla raisi shilqimlik harakati uchun maʼmuriy jazoga tortildi.

Sud hujjatlariga koʻra, Qoʻshrabot tumanidagi Katta Oqmachit mahallasi raisi 42 yoshli U.Ch. hududda yashovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan. U ayolga Telegram orqali yozib, jinsiy aloqa taklif etgan. Shuningdek, uyatli videolarni yuborgan.

U.Ch. sudda aybini tan olmagan. U bu ishlarni telefonidagi begona raqam kimligini aniqlash uchun turmush oʻrtogʻi qilganini aytgan.

Jabrlanuvchi ayol esa mahalla raisiga qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

“Turmush oʻrtogʻim bilan oʻzaro kelishmovchilik sababli ota uyimga ketdim. Qaynonam, mahalla raisi U.Ch. hamda mahalla xotin-qizlar faoli kelib, bizni yarashtirmoqchi boʻldi. Meni yashash uyimga olib ketishdi. Oʻsha vaqtda mahalla raisi mening telefon raqamimni olib ketdi. Shundan buyon tinch qoʻymasdan, menga ishqiy munosabatda boʻlishni taklif qildi. Bir necha marotaba Telegram orqali pornografik videolarni tashladi. Shu sababli oilam buzilib ketishi mumkin”, degan ayol suddagi koʻrsatmasida.

Sud qarori bilan U.Ch. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) hamda 189-moddasi (pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi. Unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.