Mahalliy

Navoiyda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan yoshlar yetakchisi 5 sutkaga qamaldi

Navoiyda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan yoshlar yetakchisi 5 sutkaga qamaldi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan yoshlar yetakchisi 5 sutkaga qamaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi mahallalardan birida yoshlar yetakchisi sifatida ishlovchi Sh.Sh. 18-avgust kuni soat 00:10 lar atrofida G.ni o‘zining Nexia avtomobilida tuman markaziga olib borib qo‘yishga kelishgan.

Safar davomida erkak ayolga bir necha bor ishqiy munosabat taklif qilgan. Ayol bunga rozi bo‘lmagach, u mashinani yo‘l chetiga to‘xtatib, avtomobildan tushgan va ayolning qo‘lidan ushlagan. Shundan keyin ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. G‘azablangan ayol Sh.Sh.ni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Sud majlisida Sh.Sh. aybini tan olib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan va yengillik so‘ragan. Ayol esa tortishuv paytida uni haqorat qilganini tan olgan, biroq Sh.Sh.ga nisbatan da’vosi borligini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudi Sh.Sh.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik qilish) huquqbuzarligini sodir etgan deb topib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Ayol esa MJtKning 41-moddasi bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, ya’ni 412 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.