Surxondaryo togʻlarida kuz qor bilan boshlandi. Video

Surxondaryo togʻlarida kuz qor bilan boshlandi. Video
Surxondaryo togʻlarida ilk kuzgi qor yogʻdi. Qor yogʻishi «Yuqori Toʻpalang» milliy tabiat bogʻi hududida, Tamshushning baland togʻli qismida qayd etildi.
Qor 4 sentyabr kuni bogʻning baland togʻli hududida joylashgan Tamshush uchastkasida yogʻdi. Viloyat ekologiya va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabariga koʻra, bunga togʻlarda havo haroratining sezilarli darajada pasayib ketgani sabab boʻlgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, togʻli hududlarda ob-havo hatto qisqa masofada ham sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Balandlik ortishi bilan yogʻingarchilik xususiyati ham oʻzgaradi, shuning uchun pastroqda joylashgan hududlarda hali nisbatan iliq ob-havo saqlanib turgan bir paytda, bu yerda qor yogʻishi mumkin.
Shunga oʻxshash ob-havo 4 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida ham kuzatildi. Havo haroratining keskin pasayishidan soʻng «Hisor» davlat qoʻriqxonasi hududida qor qoplami paydo boʻldi.

