Bugun tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin

Bugun tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda esa o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 28-33 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 30-32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 9–14 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 20-25 daraja bo‘ladi.

